Yangiliklar/Iqtisod

Kichik korxonalar uchun bepul diagnostika dasturi ishga tushirildi

Iqtisod 12 avgust, 14:50
Kichik korxonalar uchun bepul diagnostika dasturi ishga tushirildi

O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi kichik va o‘rta korxonalar uchun diagnostika dasturi ishga tushirilganini ma’lum qildi. Loyiha Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Integration kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Dastur doirasida tadbirkorlar o‘z korxonalarida mehnat unumdorligi va resurslardan foydalanish samaradorligini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Diagnostika kompaniya faoliyati natijalariga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarni tahlil qilishni nazarda tutadi. Xususan, ishtirokchilarga vaqt va moliyaviy resurslar yo‘qotilishining sabablarini aniqlash, xomashyo va energiyani tejash imkoniyatlarini topish, shuningdek mahsulot tannarxini kamaytirish va sifatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.

Dastur kichik va o‘rta korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan pilot loyiha doirasida amalga oshirilmoqda. Diagnostikada ishtirok etish bepul. Dasturda qatnashish uchun arizalarni 1-sentabrgacha maxsus onlayn forma orqali topshirish mumkin.

9430

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→