Hitrou aeroportidagi yong‘in sabab o‘nlab reyslar kechiktirildi

Dunyo 7 avgust, 10:48
Hitrou aeroportidagi yong‘in sabab o‘nlab reyslar kechiktirildi

Yevropadagi eng gavjum aeroport hisoblangan Londonning Hitrou aeroportida uchish-qoʻnish yoʻlagi yonida yongʻin sodir boʻldi. Yongʻin 7-avgust, mahalliy vaqy bilan soat 17:30 da boshlangan.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga koʻra, aeroportning janubiy uchish-qoʻnish yoʻlagi yaqinidagi oʻt yonib ketgan. Shu munosabat bilan ushbu uchish-qoʻnish yoʻlagidan parvozlar vaqtincha toʻxtatildi. Aeroport xodimlari atrofni namlashni boshladi, shundan soʻng favqulodda xizmatlar yongʻinni oʻchirishga kirishdi.

Guvohlarning aytishicha, aerodrom tepasida tutun koʻtarilgan. Oʻt oʻchiruvchilar voqea joyiga soat 17:30 atrofida yetib kelishgan. Mahalliy vaqt bilan va bir soatdan kamroq vaqt ichida yong'in bartaraf etilgan. Hodisa aeroport ishida uzilishlarga olib keldi. Kamida 18 ta reys boshqa aeroportlarga yoʻnaltirildi. Samolyotlarning bir qismi Stansted va Gatvikka qoʻndi, boshqalari Manchester, Birmingem, Luton, shuningdek, Parij, Qohira va Daniya Billund aeroportlariga joʻnatildi.

Britaniya aviatsiya ma’murlari voqea oqibatlari kun boʻyi parvozlar jadvaliga ta’sir qilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

4470

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→