Yangiliklar/Jamiyat

Nodavlat OTMlarga o‘qishni ko‘chirish muddati 10-avgustgacha uzaytirildi

Jamiyat 6 avgust, 15:05
Nodavlat OTMlarga o‘qishni ko‘chirish muddati 10-avgustgacha uzaytirildi

O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish va o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar qabul qilish muddati uzaytirildi. Endilikda talabalar arizalarni 2026-yil 10-avgust kuni ham topshirishlari mumkin.

Muddat quyidagi holatlar uchun amal qiladi:

  • davlat va nodavlat OTMlardan nodavlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish;
  • bir nodavlat OTM ichida ta’lim yo‘nalishini yoki shaklini o‘zgartirish;
  • o‘qishni qayta tiklash.

Davlat va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish hamda qayta tiklash bo‘yicha arizalar transfer.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi. Xorijdagi oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish uchun esa ariza my.uzbmb.uz platformasi orqali topshiriladi.

Mas’ullar belgilangan muddat tugaganidan keyin yuborilgan arizalar ko‘rib chiqilmasligini eslatdi.

1,0910

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→