Yangiliklar/Jamiyat

Toshkentdagi Islom Karimov yodgorligi yonidagi 37 gektar maydon xalq sayilgohiga aylanadi

Jamiyat 5 avgust, 19:27
Toshkentdagi Islom Karimov yodgorligi yonidagi 37 gektar maydon xalq sayilgohiga aylanadi

Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tutash 37 gektar maydon ochiq bogʻga aylantiriladi.

Loyihaga koʻra, hududga kirishni toʻsib qoʻyuvchi panjaralar demontaj qilinadi. Bu yerda qulay kirish joylari va piyodalar yoʻlaklarining keng tarmogʻi boʻladi. Imkoniyati cheklangan insonlar, keksalar, bolali oilalar, aravachalar uchun toʻsiqsiz muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hududni obodonlashtirishda barcha mavjud daraxtlar va yashil maydonlar saqlanib qoladi.

Bogʻda soyali yurish joylari va dam olish uchun sokin joylar, zamonaviy yoritish, navigatsiya va tashrif buyuruvchilar xavfsizligini ta’minlash vositalari boʻladi.

Islom Karimov nomidagi yodgorlik majmuasi Oqsaroy qarorgohi hududida 2017-yilda tashkil etilgan. Uning tarkibiga muzey, ilmiy-ta’lim markazi, kutubxona va anjumanlar zali kiradi.

2,8160

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→