Pentagon Rossiya va Xitoy bilan ehtimoliy mojaro uchun yangi yadro strategiyasini tayyorlamoqda

Dunyo 5 avgust, 15:44
Pentagon Rossiya va Xitoy bilan ehtimoliy mojaro uchun yangi yadro strategiyasini tayyorlamoqda

AQSh Mudofaa vazirligi Rossiya yoki Xitoy bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mintaqaviy mojaro holatlari uchun yangi yadro strategiyasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda NBC News manbalarga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, strategiya ustidagi ishlarni Pentagonning siyosat bo‘yicha rahbari Elbrij Kolbi boshqarmoqda. Hujjat AQShning yadro siyosatini navbatdagi qayta ko‘rib chiqish doirasida tayyorlanmoqda. Yangi yondashuvda qisqa masofali taktik yadro qurollaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida urg‘u berilmoqda. Pentagon vakillari bunday choralar AQSh prezidentiga ehtimoliy yadro inqirozi paytida ko‘proq qaror variantlarini taqdim etishi va tiyib turish salohiyatini kuchaytirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Avvalroq Elbrij Kolbi Pentagon Xitoyning yadro salohiyati ortib borayotgani fonida AQSh yadro siyosatini qo‘shimcha tahlil qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, yadro strategiyasining ayrim jihatlarini qayta ko‘rib chiqish zarurligi qayd etilgan.

9520

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→