Toshkent bojxonasida 160 mingdan ortiq qalbaki antibiotik musodara qilindi

“Toshkent-Aero” majmuasidagi “Aviayuklar” bojxona postida O‘zbekistonga yirik hajmdagi qalbaki antibiotik olib kirilishiga urinish fosh etildi.
Bojxona qo‘mitasi xodimlari yuk hujjatlarini tekshirish jarayonida qator nomuvofiqliklarni aniqlagan. Hujjatlarda Efba infuzion eritmasining ishlab chiqarilgan davlati sifatida Hindiston ko‘rsatilgan va rasmiylashtirish uchun asl hind preparatiga tegishli muvofiqlik sertifikati taqdim etilgan.
Biroq yuk ko‘zdan kechirilganda qadoqlar va flakonlarda ishlab chiqaruvchi hamda mahsulot ishlab chiqarilgan mamlakat haqida ma’lumot yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. Mahsulotda faqat buyurtmachi kompaniya nomi ko‘rsatilgan, yorliqlardagi ayrim yozuvlar esa xitoy tilida bo‘lgan.
Natijada umumiy qiymati 7,3 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan 160 mingdan ziyod qadoq dori vositasi muomaladan chiqarildi. Musodara qilingan yukning umumiy og‘irligi 21 tonnadan oshadi. Bojxona qo‘mitasi qalbaki antibiotiklarning tarqalishi aholi salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishini ta’kidladi. Chunki bunday preparatlarning haqiqiy tarkibi noma’lum bo‘lib, ularni qo‘llash salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Hozirda butun yuk vaqtincha saqlash omboriga joylashtirilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu yetkazib berishni tashkil etgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tergov harakatlarini olib bormoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
