Yangiliklar/Jamiyat

Qashqadaryoda erkak xotinini hushini yoʻqotguncha kaltakladi

Jamiyat 4 avgust, 12:30
Qashqadaryoda erkak xotinini hushini yoʻqotguncha kaltakladi

Qashqadaryo viloyatida 1-avgust kuni erkak turmush oʻrtogʻining ijarada turgan uyiga kirib, uni hushini yoʻqotguncha kaltaklagan. Jabrlanuvchi K.X.ning soʻzlariga koʻra, u bolalar orqali aldab xonadonga kirib, soʻng uni kaltaklab, tilla taqinchoqlari, 5 million soʻm puli va qizlarining mobil telefonlarini oʻgʻirlab ketgan. U avvalroq uyga oʻrnatilgan signal tugmachasini elektr tarmogʻidan uzib qoʻygan edi.

Voqea avvalroq koʻrilgan choralarga qaramay sodir boʻlgan: 14 -yun kuni eriga nisbatan himoya buyrugʻi chiqarilgan, 26-iyul kuni esa sud uni tan jarohati yetkazgani uchun 7 sutkaga ma’muriy qamoqqa olgan.

Jabrlanuvchi reanimatsiya boʻlimida shifokorlar nazoratida davolanmoqda. Tibbiy koʻrik natijalariga koʻra, suyak sinishi aniqlanmagan. Ma’lumki, 2026-yilning fevral oyidan boshlab K.X. eri bilan yashamaydi, uch farzandi bilan ijarada turadi.

Ma’lumot e’lon qilinganidan soʻng, Ombudsmanning Qashqadaryo viloyati boʻyicha mintaqaviy vakili voqea joyiga borib, voqea holatlarini oʻrgandi. Mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, u qidiruvga berilgan. Jabrlanuvchining xavfsizligini ta’minlash, unga huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordam koʻrsatish masalalari Ombudsman nazoratida.

7510

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→