Samarqandlik Ukraina tashqi razvedka xizmati rahbari boʻladi

Dunyo 3 avgust, 18:57
Samarqandlik Ukraina tashqi razvedka xizmati rahbari boʻladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov Ukraina tashqi razvedka xizmatiga rahbarlik qilishini tasdiqladi. Zelenskiy kadrlar boʻyicha qarorni Ukraina elchilari bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Avvalroq “Ukraina pravda” va “RBK-Ukraina” nashrlari manbalarga havola bilan boʻlajak tayinlov haqida xabar bergan edi. Prezidentning soʻzlariga koʻra, Umerov oʻzining yangi lavozimida davlat siyosatining bir qator muhim yoʻnalishlarini muvofiqlashtirishda davom etadi.

Rustem Umerov 1982-yilda Samarqand viloyatida 1940-yillarda Alushtadan deportatsiya qilingan qrim-tatarlar oilasida tugʻilgan. 1991-yilda uning oilasi Qrimga qaytib keldi.

“Rustem Umerov AQSh va boshqa hamkorlar bilan hamkorlikni, mudofaa, diplomatiya masalalari, urushni tugatish boʻyicha muzokaralar jarayoni, shuningdek, uchuvchisiz samolyotlar bilan bogʻliq sohalarni muvofiqlashtirishda davom etadi”, dedi Zelenskiy.

Prezident 17-iyul kuni Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi rahbariyatining oʻzgarishini ma’lum qildi. Soʻngra sobiq ichki ishlar vaziri Igor Klimenkoga kengash kotibi lavozimini taklif qildi. Ukraina ommaviy axborot vositalari, shuningdek, Umerov Ukrainaning AQShdagi elchisi lavozimiga nomzodlar qatorida koʻrib chiqilayotgani haqida xabar berdi.

Rustem Umerov 2025-yil iyul oyida Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashini boshqargan. Kengash kotibi sifatida u milliy xavfsizlik masalalarini nazorat qilgan va xususan, AQSh va Rossiya bilan muzokaralarda Ukrainani vakillik qilgan. Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashiga tayinlanishidan oldin Umerov Ukraina mudofaa vaziri lavozimini egallagan.

4,1920

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→