Oʻzbekistonda havo harorati +35 darajagacha tushadi

Avgust oyining anomal issiq boshlanishidan soʻng, bu hafta Oʻzbekistonda havo harorati biroz pasayadi. Oʻzgidrometning xabar berishicha, ish haftasi davomida havo +35...+38 darajagacha, hafta oʻrtalariga kelib esa +32...+35 darajagacha isishi mumkin.
Mamlakat boʻylab havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Faqat togʻli hududlarda va 4-avgust kuni Fargʻona vodiysida qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysining togʻ oldi va togʻli hududlarida sel hodisalari kuzatilishi mumkin.
Istisno - mamlakatning janubida dushanba kuni issiqlik +40...+43 darajagacha, 4-7 avgustda esa +38...+40 darajagacha saqlanadi.
Toshkentda 3 va 6-7 avgust kunlari havo harorati +35...+38 daraja, 4-5 avgustda +33...+35 daraja issiq boʻladi. Kechasi +20…+23. Sharqdan 3–8 m/s tezlikda esayotgan shamol 4-avgustda 12–15 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba’zi joylarda changli shamol kuzatiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
