Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi qurilish maydonchasida favqulodda holat yuz berdi

Toshkentning Olmazor tumanidagi Orzu massivi, 3-uydagi qurilish obektida hodisa yuz berdi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Departament ma’lumotlariga koʻra, bir kishi jarohatlangan. Voqea joyiga tez yordam mashinasi yetib keldi va jabrlanuvchini kasalxonaga yotqizdi. Vaziyat Toshkent shahar hokimining shaxsiy nazoratiga olindi. Uning topshirigʻiga koʻra, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasidagi nazorat inspeksiyasi, prokuratura, Olmazor tumani hokimligi va boshqa mutasaddi idoralar ishtirokidagi maxsus komissiya zudlik bilan voqea joyiga joʻnab ketdi.
Joylarda fuqarolar xavfsizligiga tahdidni bartaraf etish, xavfli hududni devor bilan oʻrash va unga kirishni cheklash boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Mutaxassislar hodisa sabablari, unga tutash hudud, yoʻl qoplamasi va muhandislik kommunikatsiyalari holatini oʻrganmoqda.
Tekshiruv natijalariga koʻra aybdorlarga huquqiy baho beriladi. Shaharsozlik qonunchiligi va qurilish qoidalarini buzishga yoʻl qoʻygan barcha shaxslar javobgarlikka tortiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
