Shavkat Mirziyoyev va Oʻzbekiston birinchi xonimining Qirgʻizistonga tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi hamda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvidagi ishtiroki yakunlandi. Issiqkoʻl aeroportida Oʻzbekiston rahbari va uning rafiqasi Prezident Sadir Japarov va uning rafiqasi tomonidan kutib olindi.

Tashrifning eng muhim natijasi Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi bitim – hujjatning imzolanishi boʻldi. Davlatlararo kengash tuzish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Shuningdek, davlat chegarasi, ijtimoiy himoya va pensiya ta’minoti, oliy ta’lim, fuqarolarning oʻzaro sayohatlari, madaniyat, turizm va agrosanoat kompleksi masalalari boʻyicha hujjatlar toʻplami almashildi.

Davlat rahbarlari Qirgʻizistonda birinchi xalqaro toifadagi golf klubi, yangi besh yulduzli “Boku” mehmonxonasining ochilishida hamda Issiqkoʻlda suv-motosport boʻyicha chempionatda ishtirok etishdi.

Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
