Hukumatning boʻsh turgan binolari kitob doʻkonlariga 5 yilga bepul beriladi
Siyosat 31 iyul, 09:48

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni “2026–2027-yillarda Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-279-son qarorini imzoladi.
- Boʻsh turgan davlat bino va inshootlari tadbirkorlarga kitob doʻkonlari ochish uchun besh yil muddatga tekin foydalanishga beriladi. “Toshkent Book Fest” xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasi va shahar tumanlari oʻrtasida “Eng kitobxon tuman” koʻrik-tanlovini oʻtkazish ham rejalashtirilgan.
- Maydoni 5 ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan savdo markazlari kamida bitta kitob doʻkoni ochishi kerak. Savdosi yuqori boʻlgan kitob doʻkonlariga imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. Shuningdek, har bir tumanda kamida bittadan sayyohlik, gastronomik yoki savdo va xizmat koʻrsatish koʻchasida kitob doʻkonlari va Book kafelar ochish majburiy boʻladi.
- 2031-yil boshiga qadar tajriba doirasida poytaxtning har bir tumaniga maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida yer uchastkalari ajratiladi. Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida raqamli dizayn va dasturlash maktabi, Book kafe, mehmonxona va kovorking maydoniga ega yoshlar ijodiy bogʻi tashkil etilmoqda.
Toshkent shahar suv resurslarini boshqarish uchun shahar hokimligi huzurida Shaharni rivojlantirish jam’g‘armasi hisobidan moliyalashtiriladigan Suv resurslarini boshqarish markazi tashkil etilmoqda. Shuningdek, qarorda 35 ta bozor va savdo majmuasini sotish, 2030-yilgacha 100 ta gastronomik ko‘cha hamda shaharning kirish qismlarida 5 ta kemping hududini yaratish ko‘zda tutilgan.
1,1040
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
→
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
10·4 noyabr, 13:48

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
22·4 noyabr, 13:04

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
33·4 noyabr, 12:29

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
46·4 noyabr, 11:17

Tayland Özbekiston fuqarolari üchün 30 kungaça vizasiz rejim joriy etişni körib chiqmoqda
219·4 noyabr, 10:36