Yangiliklar/Siyosat

Choʻlpon-Otada Markaziy Osiyo va Ozarbayjon sammiti yakunlari boʻyicha deklaratsiya qabul qilindi

Siyosat 31 iyul, 15:00
Choʻlpon-Otada Markaziy Osiyo va Ozarbayjon sammiti yakunlari boʻyicha deklaratsiya qabul qilindi

31-iyul kuni Choʻlpon-Otada Markaziy Osiyo va Ozarbayjon rahbarlarining norasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Sammitda Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari ishtirok etdi. Yigʻilish yakunlari boʻyicha Choʻlpon-Ota deklaratsiyasi qabul qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonning maslahat uchrashuvlari formatiga qoʻshilishi oʻzaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi – makromintaqaviy bosqichga olib chiqayotganini ta’kidladi.

Biz uchun Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va yaqin qoʻshnimiz – Afgʻonistonni birlashtiruvchi yagona taraqqiyot makonini shakllantirish borasida tarixiy imkoniyat ochilmoqda, - dedi prezident.

U mintaqaviy hamkorlikning barqaror arxitekturasini shakllantirish, savdo-iqtisodiy va transport aloqalarini mustahkamlash, raqamli xizmatlar va investitsiya platformalarini rivojlantirishni asosiy ustuvor yoʻnalishlar qatoriga kiritdi. Prezident, shuningdek, Markaziy Osiyoni ta’lim, fan va sun’iy intellekt texnologiyalari sohasida raqobatbardosh markazga aylantirishni taklif qildi.

Ishonchim komil, ushbu sohadagi ishlarning mohiyati sifat jihatidan oʻzgarishi xalqlarimiz oʻrtasidagi birlik, hamjihatlik va oʻzaro tushunish tuygʻusini mustahkamlaydi, – dedi davlatimiz rahbari, oʻz nutqini yakunladi.
8040

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→