Qutqaruvchilar Sirdaryo daryosidan erkakning jasadi topdi
Jamiyat 28 iyul, 22:33

Namangan viloyatida qutqaruvchilar Sirdaryoda oʻtkazgan qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davomida oʻzlari qidirmagan erkakning jasadini topdi. Hozirda kamida ikki fuqaroni qidirish ishlari davom etmoqda.
26-iyul kuni soat 14:06 da 112 raqamiga Namangan shahar “Gulbogʻ” mahallasida yashovchi 22 yoshli fuqaro Shoʻrqoʻrgʻon mahallasi hududidagi Sirdaryoga choʻkib ketgani haqida xabar kelib tushgan. Maxsus qutqaruv otryadi gʻavvoslari zudlik bilan qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlab yuborishdi.
27 iyul kuni oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida qutqaruvchilar qidiruvda boʻlmagan yana bir fuqaroning jasadini topib, qirgʻoqqa olib chiqib, tegishli xizmatlarga topshirdi. Qidiruv davom etmoqda.
4250
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
→
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
11·4 noyabr, 13:48

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
23·4 noyabr, 13:04

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
34·4 noyabr, 12:29

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
47·4 noyabr, 11:17

Tayland Özbekiston fuqarolari üchün 30 kungaça vizasiz rejim joriy etişni körib chiqmoqda
219·4 noyabr, 10:36