Angrenda kelin-kuyov is gazidan vafot etdi

Toshkent viloyatining Angren shahrida toʻyga hozirlik koʻrayotgan yoshlar fojiali ravishda halok boʻldi. Garajda joylashgan Gentra avtomobilida 26 yoshli qiz va uning 31 yoshli turmush oʻrtogʻining jasadi topildi. Bu haqda Millar dasturi xabar bermoqda.
16-iyul kuni soat 23:53 da Toshkent viloyati IIBga Angren shahrida yashovchi fuqaro singlisi va boʻlajak qaynisi mashinada chiqib ketgani va qaytib kelmaganligi haqida xabar bilan murojaat qilgan. Jasadlar topilgunga qadar ularning qaerdaligi noma’lumligicha qolmoqda.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga koʻra, oʻlimga bosh miya shishi, oʻpka shishi va oʻtkir yurak-qon tomir etishmovchiligi bilan kechadigan is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Hozirda Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
