Tramp BMT bosh kotibi lavozimiga FIFA rahbari Infantino nomzodini taklif qilmoqchi

Dunyo 22 iyul, 11:30
Tramp BMT bosh kotibi lavozimiga FIFA rahbari Infantino nomzodini taklif qilmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp FIFA rahbari Janni Infantinoni BMT bosh kotibi lavozimiga nomzod sifatida koʻrsatish niyatida. Bu haqda Oq uyga yaqin manbaga asoslanib, New York Post nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Tramp Infantinoni “butun dunyoda hurmatga sazovor va odamlarni birlashtirishni biladigan” shaxs sifatida yuqori baholaydi. Infantinoning oʻzi ham, oʻz navbatida, Tramp bilan yaxshi munosabatlar oʻrnatishga intildi va hatto unga ilk bor FIFA Tinchlik mukofotini topshirdi.

Bu yil BMTning amaldagi Bosh kotibi portugaliyalik Antoniu Guterrishning vakolati tugaydi va tashkilot yangi rahbarni saylashi kerak.

2,9190

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→