Shavkat Mirziyoyev Cyber University faoliyati bilan tanishdi va Kelajak texnologiyalari markazi qurilishini boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida axborot xavfsizligi va raqamli texnologiyalarga ixtisoslashgan Kiberuniversitet faoliyati bilan tanishdi.

“Kiberuniversitet” davlat universiteti Prezidentning 2025-yil 20-yanvardagi qaroriga muvofiq Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida mustaqil oliy ta’lim muassasasi sifatida tashkil etilgan.

Universitet axborot va kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va robototexnika, kiberhuquq, raqamli sud ekspertizasi va kiberiqtisodiyot sohalari uchun xalqaro talablarga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlaydi.

Bugungi kunda universitetda 2 ta fakultet va 4 ta kafedra mavjud. Bu yerda 8 ta bakalavriat va 2 ta magistratura yoʻnalishlarida 1 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda.
Universitetda 1585 oʻrinli oʻquv binosi, 805 oʻrinli talabalar turar joyi, zamonaviy sport majmualari, oshxona va axborot-resurs markazi mavjud.
Soʻngra Prezident Shavkat Mirziyoyev universitetga tutash hududda barpo etiladigan “Kelajak texnologiyalari” markazi qurilishiga ilk tosh qoʻyish marosimida ishtirok etdi.
Umumiy maydoni 36 gektar boʻlgan markaz qurilishi uchun 500 million dollarga yaqin sarmoya jalb etiladi. U ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, texnologik sinovlar va ishlab chiqarish jarayonlarini birlashtirgan yagona innovatsion ekotizimga aylanadi.
Nurafshon shahri tasodifan tanlanmagan. Bu yerda, KiberUniversitetda kiberxavfsizlik va axborotni himoya qilish sohasida 1 mingga yaqin mutaxassis tayyorlanmoqda. Endilikda universitet atrofida butun mamlakat uchun namuna boʻladigan toʻliq innovatsion klaster shakllanadi.
Markazga dunyoning yetakchi kompaniyalari, oliy oʻquv yurtlari va olimlarini jalb etish, talabalar va xodimlar uchun zamonaviy ijtimoiy, madaniy va maishiy infratuzilmani yaratish rejalashtirilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
