Yangiliklar/Jamiyat

Toshkentda Tesla haydovchisi bir yilga guvohnomasidan mahrum qilindi va 10,3 million soʻm jarimaga tortildi

Jamiyat 18 iyul, 22:11
Toshkentda Tesla haydovchisi bir yilga guvohnomasidan mahrum qilindi va 10,3 million soʻm jarimaga tortildi

Toshkentda Yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan va boshqa ishtirokchilarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solgan Tesla haydovchisiga nisbatan sud qarori chiqdi. Haydovchining xatti-harakati yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid solayotgani e’tirof etildi.

Sud hukmiga koʻra, haydovchi bir yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilindi va unga 25 ta asosiy hisoblangan summa – 10,3 million soʻm miqdorida jarima solindi.

Yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi yoʻl harakati ishtirokchilari hayotiga xavf tugʻdiruvchi qoidabuzarliklarga nisbatan qat’iy choralar qoʻllanilishini eslatib, haydovchilarni yoʻl harakati qoidalariga rioya qilishga chaqirdi.

1,2050

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→