FIFA Nyu-Yorkdagi yomon havo indeksi sababli final kunini ko‘chirmaydi

Kanadadagi oʻrmon yongʻinlari natijasida Nyu-Yorkni qoplagan tutun tufayli FIFA 2026 yilgi jahon chempionati finalini qoldirmoqchi emas. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, FIFA vakillari va Oq uyning JCh—2026 boʻyicha ishchi guruhi direktori Endryu Juliani oʻrtasida norasmiy muhokamalar boʻlib oʻtgan. 17-iyul kuni ertalab Nyu-Yorkdagi havo sifati indeksi "zararli" darajaga toʻgʻri keladigan 166 ga yetdi. Bugungi kunga kelib, koʻrsatkich 67 ga tushdi - oʻrtacha ifloslanish darajasi. Sinoptiklarning ma’lumotlariga koʻra, 18-iyuldagi biroz yomonlashuvdan soʻng, 19-iyulga qadar tutun asosan tarqaladi.
Argentina va Ispaniya terma jamoalari oʻrtasidagi JCh-2026 final uchrashuvi Sharqiy Ruterforddagi MetLife stadionida 20-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da boʻlib oʻtadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
