Yangiliklar/Siyosat

Oʻzbekistonda yirik konsert va festivallarning yagona milliy operatori tashkil etiladi

Siyosat 17 iyul, 21:13
Oʻzbekistonda yirik konsert va festivallarning yagona milliy operatori tashkil etiladi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’atni rivojlantirishga bagʻishlangan taqdimot bilan tanishdi. Unda xalqaro koʻrgazmalar oʻtkazish, muzey loyihalarini amalga oshirish, madaniy merosni tiklash va oʻzbek san’atini nufuzli jahon maydonlarida targʻib etish boʻyicha rejalar muhokama qilindi.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi huzurida Madaniy loyihalar milliy operatorini tashkil etish taklif etildi. U yirik xalqaro tadbirlarni oʻtkazish va ularni xorijda targʻib qilish, taniqli ijrochilarning konsertlarini tashkil etish, shuningdek, “Sharq taronalari” festivaliga tayyorgarlik koʻrish bilan shugʻullanadi.

Taqdimotda, shuningdek, 2026–2027 yillarga moʻljallangan qator yirik madaniy loyihalar: Doha, Milan, Venetsiya, Nara, Nyu-York va Buxorodagi koʻrgazmalar, kontsertlar va biennalelar koʻrib chiqiladi.

1,4140

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→