Yil boshidan buyon 152 nafar mahalla rahbari lavozimidan ozod etildi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-iyul kuni “mahalla yettiligi” faoliyatini qayta tashkil etishning ustuvor vazifalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi. Yerdagi ishlar qattiq tanqidga uchradi.
Yil boshidan buyon 152 nafar mahalla rahbari egallab turgan lavozimidan ozod etildi, 700 nafariga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanildi. Prezident joriy yilda tumanlarga oʻrtacha 250 milliard soʻm, mahallalarga esa 5,5 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratilganini ta’kidladi. “Tashabbusli byudjeti” dasturi boʻyicha 7,5 trillion soʻm ajratilgan boʻlsa-da, 2136 ta mahallada birorta ham loyiha gʻolib chiqmadi.
Oʻtgan olti oyda banklar tomonidan kichik loyihalarga 18,5 trillion soʻm ajratildi. Bu mablagʻlar hisobidan 110 ming mikroloyiha amalga oshirilib, 259 ming kishi ish bilan ta’minlandi. Biroq 47 ta mahallada atigi ikkita mikroloyiha ishga tushirilgan.
960 ta kam ta’minlangan oila istiqomat qilayotgan 32 ta mahallada birorta ham muhtoj kishi doimiy ish joyiga ega emas. 883 ta mahallada bank xodimlari uyma-uy yurmagan, tadbirkorlar bilan uchrashmagan.
“Hokim, mahalla raisi va yettita a’zoning har bir a’zosi mablagʻ va vakolatlarga ega. Ma’suliyat va tashabbuskorlik yetishmaydi”, — dedi prezident.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
