Mamlakatda yetakchilik lavozimlari uchun yoshlarning “TOP 100” reytingi tuziladi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi avlod menejerlarini aniqlash va tanlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi taqdimot bilan tanishdi. Asosiy maqsad – 2030-yilgacha har ikki yilda 500 nafarni tanlab, 1500 nafar yuqori salohiyatli mutaxassislardan iborat milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish.
Eskirgan “ma’lumotnoma” orqali baholash usuli portfolio tizimiga almashtiriladi: nomzodlar bilimi, kasbiy tajribasi, psixologik fazilatlari, strategik fikrlash va yetakchilik qobiliyatini hisobga olgan holda 100 balli tizimda baholanadi. Sun’iy intellekt va katta ma’lumotlarni tahlil qilish vositalari istiqbolli mutaxassislarni aniqlash va ular uchun individual rivojlanish rejalarini yaratish imkonini beradi. Yangi tizimni birinchi navbatda qishloq xoʻjaligi, oliy ta’lim va qurilish sohalarida joriy etish taklif etilmoqda.
Shu bilan birga, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, tadbirkorlik, sud-huquq tizimi, ta’lim va sun’iy intellekt sohalarida rahbarlik lavozimlariga zaxirani shakllantirish boʻyicha “TOP-100” ochiq tanlovi yoʻlga qoʻyiladi. Gʻoliblar maxsus kurslarda malaka oshirib, milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
2026-yil 1-oktabrdan career.edu.uz platformasida “Xorijdagi talabalar” moduli ishga tushiriladi: xorijda tahsil olayotgan yoshlar amaliyot oʻtash va keyinchalik ishga joylashtirish uchun davlat organlari va xususiy korxonalarga biriktiriladi. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyasi sohiblari dunyoning 100 ta eng yaxshi universitetlarida tahsil olayotganlar ulushi allaqachon 30 foizdan 80 foizga oshgan; Oʻtgan yil davomida 447 nafar yosh mutaxassis stipendiya sohibi boʻldi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
