Yangiliklar/Jamiyat

Turkiyaning SunExpress kompaniyasi 1 avgustdan Izmir – Toshkent reyslarini yoʻlga qoʻyadi

Jamiyat 13 iyul, 14:00
Turkiyaning SunExpress kompaniyasi 1 avgustdan Izmir – Toshkent reyslarini yoʻlga qoʻyadi

Turkiyaning SunExpress aviakompaniyasi 1 avgustdan Izmir — Toshkent — Izmir yoʻnalishi boʻyicha muntazam havo qatnovini yoʻlga qoʻyadi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports. Bu ikki shahar oʻrtasidagi birinchi toʻgʻridan-toʻgʻri reys va aviatashuvchining Oʻzbekistonga birinchi muntazam yoʻnalishidir.

Parvozlar haftasiga ikki marta - dushanbadan seshanbaga oʻtar kechasi va payshanbadan jumaga oʻtar kechasi 189 yoʻlovchini sigʻdira oladigan Boeing 737-800 samolyotlarida amalga oshiriladi. Izmirdan uchish 20:30 da Toshkentga yetib kelish 3:10 da, Toshkentdan qaytish reysi 4:30 da uchib, Izmirga soat 8:05 da yetib kelish rejalashtirilgan.

Nashr qilingan paytdagi bir tomonlama chipta narxi 6980 turk lirasidan boshlanadi, bu joriy kurs boʻyicha taxminan 1 794 271 soʻmga toʻgʻri keladi. Kompaniya reysning yoʻlga qoʻyilishi mamlakatlar oʻrtasidagi biznes, turizm va madaniy aloqalarni kengaytirishi kerakligini ta’kidladi.

SunExpress 2027-yildan boshlab Fargʻona vodiysi shaharlariga muntazam reyslarni tashkil etish imkoniyatini ham koʻrib chiqmoqda. Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi agentligi aviatashuvchiga respublikaga parvoz qilish uchun ilk bor 2023-yil sentabrida, kompaniya Izmir-Samarqand yoʻnalishini ishga tushirishni rejalashtirayotganini e’lon qilgan paytda ruxsat bergan.

8600

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→