Shavkat Mirziyoyev sobiq amirning dafn marosimida ishtirok etish uchun Qatarga uchadi

Davlatimiz rahbari kunning birinchi yarmida Bekobodda boʻlib, u yerda metallurgiya zavodi faoliyati, shahardagi istiqbolli sarmoyaviy loyihalar bilan tanishdi. Kunning ikkinchi yarmida u Shayx Hamad vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirish va vidolashuv marosimida ishtirok etish uchun Qatar poytaxtiga boradi.
Oblako.uz avvalroq yozganidek, Qatarning sobiq amiri 12 iyul kuni vafot etdi. U 1995-yildan 2013-yilgacha mamlakatni boshqargan, shundan soʻng hokimiyatni ixtiyoriy ravishda oʻz oʻgʻli, hozirgi amir Tamim bin Hamad Ol Soniyga topshirgan.
Uning hukmronligi yillarida Qatar suyultirilgan gaz boʻyicha jahonning eng yirik eksportchilaridan biriga aylandi va qator yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish va mamlakatning xalqaro aloqalarini kengaytirish orqali xalqaro maydondagi oʻz mavqeini mustahkamladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
