Yangiliklar/Texnologiya

Oʻzbekiston Canva bilan shartnoma imzoladi: 10 mingdan ortiq maktab platformadan bepul foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi

Texnologiya 10 iyul, 14:20
Oʻzbekiston Canva bilan shartnoma imzoladi: 10 mingdan ortiq maktab platformadan bepul foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi

Oʻzbekiston Canva xalqaro dizayn platformasi bilan mamlakatdagi barcha umumta’lim maktablari uchun xizmatning oʻquv versiyasidan bepul foydalanish imkonini beruvchi grant shartnomasi tuzdi. Hujjatni Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov boshchiligidagi delegatsiya imzoladi.

Bitim Parijdagi YUNESKO bosh qarorgohida boʻlib oʻtgan TES+4 ta’limni oʻzgartirish sammiti doirasida tuzildi. Uning shartlariga koʻra, Oʻzbekistondagi 10 mingdan ortiq maktab Canva for Education platformasidan uch yil davomida bepul foydalanish huquqiga ega boʻladi. Grantning umumiy qiymati 20 million dollarni tashkil etadi.

Canva - Avstraliyaning vizual dizayn platformasi boʻlib, dunyoning 190 dan ortiq mamlakatlarida ishlaydi. Uning ta’lim biznesi Canva for Education talabalar va oʻqituvchilarga taqdimotlar, infografika va oʻquv materiallari uchun minglab shablonlarni taqdim etadi. Platformaning asosiy xususiyatlari orasida sun’iy intellektga asoslangan vositalar, real vaqtda hamkorlik funktsiyalari, shuningdek, raqamli savodxonlik va ijodiy fikrlashni rivojlantirish uchun resurslar mavjud.

5490

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→