Oʻzbekistonda E-bozor yagona raqamli bozor platformasi ishga tushiriladi

Oʻzbekiston hukumati “Bozorlar va savdo majmualarini raqamlashtirishni samarali tashkil etish, shuningdek, kundalik korrupsiyaning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat “E-bozor” yagona raqamli bozor platformasini joriy etishni nazarda tutadi.
Platforma test rejimida 2026-yil 1-oktabrgacha ishlaydi; toʻliq ishga tushirish 2027-yil 1-martga rejalashtirilgan. Platformada bozorlar va savdo majmualarining pasportlari, ularning manzillari, mavjud savdo ob’yektlari va chakana savdo nuqtalari haqida ochiq ma’lumotlar boʻladi. Shuningdek, foydalanuvchilar bozor ma’muriyatiga elektron soʻrov yuborishlari va javoblarni onlayn tarzda olishlari mumkin boʻladi. E-bozor “Soliq” axborot tizimlari kompleksi tarkibiga kiradi: har bir bozor va savdo majmuasiga soliq organlari biriktirilib, ularning samaradorligi har kuni tahlil qilinadi.
Bozorlar va savdo majmualari avtoturargohlari hamda unga tutash hududlarda xizmatlar uchun yagona QR kod orqali toʻlash mumkin boʻladi. Alohida normada 2026-yilning 1-avgustidan boshlab avtotransport vositalarini olib qoʻyiladigan uchastkalardan chiqarishga ruxsatnomalar faqat QR-kod bilan tasdiqlangan “Jarima Maydonchasi” axborot tizimi orqali berilishi belgilandi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
