Yangiliklar/Jamiyat

Fargʻonada soxta turk pasportlari bilan savdo qiluvchi guruh fosh etildi

Jamiyat 3 iyul, 22:47
Fargʻonada soxta turk pasportlari bilan savdo qiluvchi guruh fosh etildi

Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Fargʻona shahrida xorijiy davlatlarning qalbaki pasportlarini tayyorlash va sotish bilan shugʻullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻydi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Fargʻona shahrida yashovchi 4 nafar fuqaro bilan til biriktirib, Margʻilon shahrida yashovchi fuqaro qoʻlga olindi. Besh nafari ham soxta turk pasporti va haydovchilik guvohnomasini mijozga 4 million soʻmga (310 dollarga yaqin) sotayotgan vaqtda jinoyat ustida ushlangan.

Dalil sifatida gumonlanuvchilardan 11 dona uyali telefon va 2 dona noutbuk olib qoʻyildi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasiga koʻra, qalbaki hujjatlarni tayyorlash yoki sotish besh yilgacha, jinoyat uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan boʻlsa, sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

5900

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→