Eldor Shomurodovning goli 2026 yilgi JChning eng yaxshi gollari qatoriga nomzod bo‘ldi

Sport 29 iyun, 13:48

FIFA 2026-yilgi jahon chempionatining guruh bosqichidagi eng yaxshi gol uchun ovoz berishni boshladi. 12 nafar nomzod qatoriga Eldor Shomurodovning DR Kongo terma jamoasiga qarshi uchinchi tur uchrashuvida urgan goli ham kiritildi.

Shomurodov K guruhi yakuniy turida DR Kongoga qarshi o‘yinning 10-daqiqasida aniq zarba bilan hisobni ochgan edi — bu gol FIFA tomonidan turnirdagi eng chiroyli gollardan biri deb topildi. OptaJose statistik portaliga ko‘ra, Shomurodovning goli 2026- yilgi jahon chempionatidagi eng ehtimoli past gol bo‘lgan — uning xG ko‘rsatkichi atigi 0,013 ni tashkil etgan, ya’ni gol urish ehtimoli bir foizdan biroz yuqori baholangan.

FIFA bu vaziyatni O‘zbekistonning debyut ishtirokidagi eng muhim epizod deb atadi: “Oq bo‘rilar uchun tarixiy jahon chempionatidagi eng muhim lahza — ularning ilhomlantiruvchi sardori tomonidan darvozabon ustidan amalga oshirilgan aniq oshirma zarba bo‘ldi”.

Boshqa nomzodlar qatorida Lionel Messi, Kilian Mbappe, Vinisius Junior, Jovanni Reyna va yana yetti nafar futbolchi bor.

G‘olib FIFA rasmiy platformasida muxlislar ovozi orqali aniqlanadi: Eldor Shomurodov uchun ovoz berish mumkin.

5900

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→