Messi JCh tarixida ketma-ket yetti o‘yinda gol urdi

Sport 28 iyun, 18:19
Messi JCh tarixida ketma-ket yetti o‘yinda gol urdi

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi jahon chempionati tarixida oʻziga xos yutuqni qayd etdi: u jahon chempionatida ketma-ket yettita oʻyinda gol urgan birinchi futbolchi boʻldi. Gol JCh-2026 guruh bosqichi 3-turi doirasida Iordaniyaga qarshi oʻyinda kiritildi.

Bu yoʻlda Messi jahon chempionatidagi gollar soni boʻyicha oʻzining rekordini yangiladi – endi uning hisobida 19 ta gol bor. Bu eng yaqin ta’qibchilardan sezilarli darajada koʻp: Miroslav Kloze va Kilian Mbappe har biri 16tadan gol urishdi.

4430

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→