Gulnora Karimovaning pullari onalar va chaqaloqlar oʻlimini qisqartirishga yo‘naltirildi

O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gulnora Karimovaga aloqador xorijdan qaytarilgan mablag‘lar qayerga sarflangani haqida ma’lumot berdi. Ushbu mablag‘lar onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar o‘limini kamaytirish dasturiga yo‘naltirilgan.
Umumiy investitsiya hajmi 43,5 million dollarni tashkil etdi. Mablag‘lar xorijdagi aktivlarni jamlovchi “Ishonch” jamg‘armasi orqali yo‘naltirildi. Dastur 2023-yil sentyabrdan buyon UNICEF, UNFPA va JSST bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
Mablag‘lar quyidagi yo‘nalishlarga sarflangan:
- 31 mln dollar — 231 ta tug‘ruqxonani zamonaviy inkubatorlar, nafas oldirish uskunalari va anesteziya jihozlari bilan ta’minlashga;
- 80 mingdan ortiq tibbiyot xodimlarini tayyorlashga (perinatal yordam, yuqori xavfli homiladorlik va laboratoriya diagnostikasi bo‘yicha);
- 49 ta klinik xavfsizlik protokolini ishlab chiqish va yangilashga;
- homiladorlik davrida muntazam tibbiy ko‘rik zarurligi bo‘yicha axborot kampaniyasiga.
Natijada onalar o‘limi 14,5% ga kamaydi, kam vazn bilan tug‘ilgan chaqaloqlar tirik qolish darajasi esa 13% ga oshdi. 4 milliondan ortiq aholi sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi.
Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchisi Konstantin Obolenskiy qayd etishicha, qaytarilgan mablag‘lardan foydalanishda shaffoflikni ta’minlash Yevropa tomonining asosiy ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
