Disney Stitch bayramida yangi animatsiyani e’lon qildi

Disney “Lilo va Stitch” olamini kengaytirishda davom etmoqda. Kompaniya “Lilo & Sketch” nomli yangi animatsion qisqa metrajli filmni rasmiy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha allaqachon reyting tizimidan o‘tgan va bu uning ishlab chiqish jarayoni yakuniga yaqinlashayotganini ko‘rsatadi.
Yangi filmning syujeti ehtimol 2017-yilda ekranga chiqqan “Stitch & Ai” anime seriali bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Unda paydo bo‘lgan Skretch qahramoni ushbu hikoyaning markaziga chiqishi kutilmoqda. Film “harakat sahnalari mavjudligi” sabab PG reytingini oldi.
626 Day — Stitch muxlislari uchun asosiy sana — bu yil bir nechta yangilik bilan nishonlandi. Disney+ platformasida “Stitch va Enjel: Mukammal yoz kuni” nomli yangi qisqa film chiqdi. Unda qahramonlar plyajda hordiq chiqaradi — loyiha yengil va family formatda ishlangan.
Bayram doirasida Disney Kaliforniya, Angliya, Portugaliya, Xitoy, Tayvan va Yaponiyada maxsus pop-up tadbirlar tashkil etdi. Bu “Lilo va Stitch” brendining global miqyosda yana faollashganini ko‘rsatadi.
Franshiza yana ommalashib bormoqda. 2025-yilda chiqarilgan badiiy film 1 milliard dollardan ortiq daromad keltirib, yilning eng kassabop loyihalaridan biriga aylandi. Hozirda esa uning davomi ustida ish ketmoqda. Ma’lum qilinishicha, Stitch obrazining asl ovozini bergan Kris Sanders yangi film ssenariysi ustida ishlamoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
