Germaniya pensiya yoshini 70 ga oshirishga tayyorlanmoqda

Germaniya hukumati keng ko‘lamli pensiya islohoti ustida ishlamoqda. Kansler Fridrix Merts uni 2026-yil iyul oyigacha parlament orqali qabul qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Hukumat komissiyasi 33 ta tavsiyadan iborat paketni taklif qilgan. Ularning eng muhimlaridan biri — pensiya yoshini umr davomiyligiga bog‘lash. Komissiya hisob-kitoblariga ko‘ra, bu pensiya yoshini 2092-yilga borib bosqichma-bosqich 70 yoshgacha oshirishga olib keladi — har o‘n yilda yarim yildan qo‘shib boriladi. Hozir Germaniyada pensiya yoshi bosqichma-bosqich 67 yoshgacha oshirilmoqda va bu ko‘rsatkich 2030-yillar boshiga borib to‘liq joriy etiladi. Yangi takliflar esa uni yanada oshirishni nazarda tutadi.
Komissiyaning boshqa takliflari qatorida — majburiy pensiya badallarining bir qismini fond bozoriga investitsiya qilish, shuningdek, majburiy pensiya to‘lovlarini davlat xizmatchilari va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga ham tatbiq etish bor. Shuningdek, 45 yillik ish stajiga ega xodimlar uchun mashhur bo‘lgan muddatidan oldin pensiyaga chiqish dasturini bekor qilish ham taklif etilmoqda.
2026-yil 1-yanvardan boshlab Germaniyada yana bir choradan foydalanilmoqda: ishlayotgan pensionerlar oyiga 2 ming yevrogacha daromaddan soliq to‘lashdan ozod etilgan. Bu choralar ishlayotganlar va pensionerlar soni o‘rtasidagi nomutanosiblikni qisman kamaytirishga qaratilgan.
Merts ogohlantirdi: islohotlar amalga oshirilmasa, yosh avlod kafolatlangan pensiya olishda muammolarga duch kelishi mumkin. Mazkur tashabbus allaqachon kasaba uyushmalari tomonidan keskin tanqid qilinmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
