Yangiliklar/Jamiyat

Xorazmda jamoat transporti toʻliq elektron toʻlovga oʻtadi

Jamiyat 24 iyun, 17:00
Xorazmda jamoat transporti toʻliq elektron toʻlovga oʻtadi

Xorazm viloyatida jamoat transportida yo‘l haqi bosqichma-bosqich to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi ma’lum qildi.

Birinchi bosqich 1-iyuldan boshlanadi. SHI-4, SHI-5, SHI-7, SHI-13, SHI-18, SHI-19, SHI-28 yo‘nalishlarida, shuningdek T1 “Urganch — Xiva” trolleybus yo‘nalishida naqd pul qabul qilinmaydi — faqat elektron to‘lov amal qiladi.

Ikkinchi bosqichda barcha boshqa avtobus va trolleybus yo‘nalishlarida ham brutto-shartnomalar rasmiylashtirilgach, elektron to‘lov joriy etiladi.

Trolleybusda yo‘l haqi QQS bilan 3000 so‘m etib belgilangan. Og‘irligi 20 kilogrammdan ortiq bo‘lgan yuk uchun bir martalik to‘lov 4000 so‘mni tashkil etadi.

Tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida D215 “Urganch — Xiva” yo‘li bo‘ylab bekatlar infratuzilmasini yangilash rejalashtirilgan. Jumladan, chipta sotib olish uchun infokiosklar o‘rnatiladi, zarur texnik jihozlar va elektr ta’minoti tizimlari bilan ta’minlanadi.

6050

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→