Oʻzbekiston importi toʻrt oy ichida 27 foizga oshib, 16,4 milliard dollarga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar–aprel oylarida O‘zbekiston importi 26,7% ga oshib, 16,4 milliard dollarni tashkil etdi. Shu davrda mamlakatning umumiy tashqi savdo aylanmasi 26,33 milliard dollarga yetdi — bu o‘tgan yilga nisbatan 5,8% ga ko‘p.
Eksport esa aksincha 16,8% ga kamayib, 9,97 milliard dollarni tashkil etdi. Natijada savdo balansi taqchilligi deyarli yetti baravar oshib, 930 million dollardan 6,38 milliard dollarga yetdi.
Import hajmi bo‘yicha Top-10 davlat:
- Xitoy — 5,3 mlrd dollar
- Rossiya — 3,1 mlrd dollar
- Qozog‘iston — 1,4 mlrd dollar
- Janubiy Koreya — 620,9 mln dollar
- Turkiya — 559,2 mln dollar
- Hindiston — 369,7 mln dollar
- BAA — 361,1 mln dollar
- Germaniya — 359,2 mln dollar
- Belarus — 274,8 mln dollar
- Turkmaniston — 262,2 mln dollar
Xitoy bilan savdo 49,3% ga, Rossiya bilan esa 19,4% ga oshgan. Ayniqsa energiya resurslari importi keskin o‘sdi: to‘rt oyda O‘zbekiston 508,3 million dollarlik tabiiy gaz import qildi — bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 53,6% ga ko‘p.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari bilan savdo aylanmasi 7 milliard dollardan oshdi, bu umumiy tashqi savdoning 26,7% ini tashkil etadi. Shundan eksport — 2,2 milliard dollar, import — 4,8 milliard dollarni tashkil etdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
