Yangiliklar/Siyosat

Oʻzbekiston birinchi marta Efiopiyaga elchi tayinladi

Siyosat 24 iyun, 11:46
Oʻzbekiston birinchi marta Efiopiyaga elchi tayinladi

Ashraf Xo‘jayev O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi bo‘ldi. U mamlakat prezidenti Taye Atske-Selassiyega ishonch yorliqlarini topshirdi. Elchining rezidensiyasi Doha shahrida joylashgan.

Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. Efiopiya prezidenti tayinlovni olqishlab, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

Xo‘jayev bir necha diplomatik lavozimni bir vaqtning o‘zida egallab kelmoqda: 2024-yil fevralidan buyon O‘zbekistonning Qatardagi elchisi, 2025-yil oktabridan esa Janubiy Afrikadagi elchi vazifasini ham qo‘shimcha ravishda bajarmoqda.

3240

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→