Ilon Mask trillioner maqomini yoʻqotdi – uning boyligi 118 milliard dollarga kamaydi

Dunyo 24 iyun, 12:08
Ilon Mask trillioner maqomini yoʻqotdi – uning boyligi 118 milliard dollarga kamaydi

Ilon Mask trillioner maqomini yo‘qotdi. Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 118 milliard dollarga kamayib, hozirda 957 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Mask tarixda birinchi trillionerga SpaceX kompaniyasining IPOsi fonida aylangandi — bu AQSh tarixidagi eng yirik birlamchi aksiyalar joylashtiruvi bo‘ldi. Kompaniya har bir aksiya uchun 135 dollar bahoda 75 milliard dollar jalb qilgan. Biroq biznesmen bu maqomni ikki haftadan kam muddat saqlab qoldi.

Bloomberg indeksi milliarderlar egalik qiladigan kompaniyalar aksiyalari qiymati asosida hisoblanadi. Ayrim kompaniyalar uchun kapitalizatsiya va EBITDA ko‘rsatkichlari ham inobatga olinadi.

3080

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→