Disneylendda 13 yoshli bola attraksiondan yiqilib, 15 metrlik sharsharadan pastga tushib ketdi

21-iyun kuni AQShning Kaliforniya shtatidagi Anaxaym shahrida joylashgan Disneylendda 13 yoshli bola Tiana's Bayou Adventure attraksionidan yiqilib, 15 metr balandlikdagi suv tushish qiyaligidan pastga sirg‘anib ketdi. Hodisa boshqa tashrif buyuruvchilar ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan.
Attraksion bir necha o‘rindiqli vagonchadan iborat bo‘lib, u balandlikdan pastga tushib, tunnel orqali harakatlanadi. Bola harakat vaqtida vagonchadan sirg‘anib chiqib ketgan va butun tushish yo‘li bo‘ylab uning ortidan dumalab tushgan. Guvohlar bu holatni “latta qo‘g‘irchoqdek” qulash deb tasvirlagan.
Bola shifoxonaga olib borilgan, ammo jiddiy jarohatlar aniqlanmagan va u uyiga javob berilgan. Hodisadan so‘ng attraksion faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Bu AQShdagi Disney bog‘larida yuz bergan ilk shov-shuvli holat emas. O‘tgan kuzda Florida shtatidagi Disneylendda bir necha hafta ichida besh kishi vafot etgan: ulardan ikkitasi park mehmonxonalaridan birida o‘z joniga qasd qilgan, qolganlari esa yurak xuruji tufayli yoki shifoxonaga olib ketilayotganida vafot etgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
