Yangiliklar/Jamiyat

Ikkinchi jahon urushining eng keksa ishtirokchisi Oʻzbekistonda 116 yoshida vafot etdi

Jamiyat 21 iyun, 20:34
Ikkinchi jahon urushining eng keksa ishtirokchisi Oʻzbekistonda 116 yoshida vafot etdi

Qashqadaryo viloyatida Ikkinchi jahon urushining Oʻzbekistondagi eng keksa ishtirokchisi Roʻziboy Sattorov vafot etdi. U 116 yosh umr ko‘rdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot kotibi Ahror Sodiqov xabar berdi.

Sattorov Qashqadaryo viloyatining Kamashi tumanida tug‘ilgan va urushdan omon qaytgan faxriylar qatoriga kirgan. Viloyatdan frontga 47 051 kishi, jumladan 95 ayol safarbar etilgan. Ulardan 22 077 nafari vataniga qaytib kelgan.

Oʻtgan yili 9-may arafasida faxriyning koʻp yillik orzusi amalga oshdi - u birinchi marta samolyotda havoga koʻtarildi. Davlatimiz rahbari topshirigʻiga binoan Xonobod aeroportiga Mudofaa vazirligining harbiy-transport samolyoti yuborilgan edi.

6490

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→