Britaniyada bola timsohlar volyeriga tushib qoldi, erkak qo‘lga olindi

Buyuk Britaniyaning Kembrijshir grafligida joylashgan xususiy hayvonot bog‘ida sodir bo‘lgan hodisadan so‘ng bir erkak qo‘lga olindi. U uch yoshli bolaning og‘ir jarohat olishi bilan bog‘liq holatda qasddan o‘ldirishga urinishda gumon qilinmoqda.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 18 iyun kuni kunning birinchi yarmida Huntingdonshir tumanidagi Johnsons of Old Hurst hayvonot bog‘ida yuz bergan. Bola qandaydir tarzda timsohlar volyeriga tushib qolgan.
Jabrlangan bola zudlik bilan Kembrijdagi Addenbrooke shifoxonasiga yetkazilgan. Shifokorlar uning ahvolini og‘ir, ammo barqaror deb baholamoqda.
Mazkur ish bo‘yicha Norfolk grafligida yashovchi 30 yoshli erkak qo‘lga olingan. Unga nisbatan qasddan o‘ldirishga urinish moddasi bo‘yicha tergov olib borilmoqda. Kembrijshir politsiyasi inspektori Veriti Makkannning aytishicha, hozircha gumonlanuvchi va jabrlangan bola bir-birini taniganiga oid dalillar yo‘q.
Hozirda tergovchilar voqea tafsilotlarini aniqlash uchun hodisa paytida hayvonot bog‘ida bo‘lgan odamlarni so‘roq qilmoqda. Voqeaning aynan qanday yuz bergani hali ochiqlanmagan.
Hayvonot bog‘i ma’muriyati timsohlar joylashgan hudud vaqtincha yopilganini va jabrlangan bolaning yaqinlariga hamdardlik bildirganini ma’lum qildi. Muassasada 100 dan ortiq hayvon saqlanadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
