Qozog‘iston armiyasida “shved stoli” sinovdan o‘tkazilmoqda

Dunyo 18 iyun, 12:17
Qozog‘iston armiyasida “shved stoli” sinovdan o‘tkazilmoqda

Qozog‘iston Qurolli kuchlarida ovqatlanishning yangi formati — “shved stoli” tizimi pilot tarzda sinovdan o‘tkazilmoqda. Agar loyiha samarali deb topilsa, uni butun armiya bo‘ylab joriy etish rejalashtirilgan.

Yangi tizimga ko‘ra, harbiy xizmatchilar bir nechta taom orasidan o‘zlari tanlay oladi. Bu yondashuv ratsionni xilma-xil qilishga yordam beradi.

Mudofaa vaziri o‘rinbosari Asqar Mustabekovning aytishicha, loyiha hozirda sinov bosqichida. Natijalariga qarab, uni kengaytirish bo‘yicha qaror qabul qilinadi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, yangi tizimni joriy etish uchun qo‘shimcha mablag‘ talab qilinmaydi. Loyiha mavjud byudjet doirasida amalga oshirilmoqda.

Bu tashabbus armiyada oziq-ovqat ta’minoti tizimini yangilashning bir qismidir. Avvalroq menyuni kengaytirish va harbiylarning fikrini hisobga olish rejalari ham e’lon qilingan edi. Hozircha askarlar uchun faqat yangi go‘sht mahsulotlari ishlatilmoqda, sayg‘oq konservasi menyuga kiritilmaydi. Agar pilot loyiha muvaffaqiyatli yakunlansa, “shved stoli” tizimi bosqichma-bosqich barcha harbiy qismlarga joriy etiladi.

3550

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→