Yangiliklar/Texnologiya

Oʻzbekistonda Amazon Leo sun’iy yoʻldosh interneti ishga tushiriladi

Texnologiya 17 iyun, 12:13
Oʻzbekistonda Amazon Leo sun’iy yoʻldosh interneti ishga tushiriladi

Oʻzbekistonda Amazon Leo sun’iy yoʻldosh interneti ishga tushiriladi. Bitim Toshkent investitsiya forumida Amazon Leo va Uz-Sat kompaniyalari oʻrtasida imzolandi, deb xabar qildi Raqamli texnologiyalar vazirligi.

Xizmat butun mamlakat boʻylab, shu jumladan barqaror aloqaga ega boʻlmagan chekka hududlarni ham yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlaydi. Amazon Leo - past orbitali sun’iy yoʻldosh tarmogʻi (sobiq Kuiper loyihasi). U rivojlangan infratuzilma mavjud boʻlmagan joylarda Internetga kirish uchun moʻljallangan.

Tizim bir-biriga ulangan 3000 dan ortiq sun’iy yoʻldoshlarni oʻz ichiga oladi. Ular yerosti stansiyalari va internet tarmoqlari bilan birgalikda ishlaydi. Ulanish uchta turdagi ixcham antennalar orqali amalga oshiriladi - Nano, Pro va Ultra.

Loyihaga koʻra, xizmat qamrovini kengaytiradi va hududlarda raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini oshiradi. Oʻzbekistonda 2026 yilda ishga tushirilishi kutilmoqda.

4390

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→