Oʻzbekiston va Germaniya prezidentlari qoʻshma loyihalarga berishdi

Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston va Germaniya prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Frank-Valter Shtaynmayer hamkorlikni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida Qoʻshma bayonot qabul qildi.
Ikki davlat rahbarlari Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan, bozorga yangi loyihalar bilan kirishni rejalashtirayotgan nemis kompaniyalarining ishtirokini olqishladilar.
Tashrif doirasida ikki tomonlama hujjatlar almashish marosimi boʻlib oʻtdi. Moliyaviy hamkorlik sohasida shaharsozlikni barqaror rivojlantirish loyihalarini grant qoʻllab-quvvatlash va imtiyozli moliyalashtirishni nazarda tutuvchi bitimlar imzolandi.
Prezidentlar ishtirokida qator sarmoyaviy va ta’lim tashabbuslari boshlandi. Xususan, quyidagilar rejalashtirilgan:
- Toshkentda Volkswagen avtomobillarini keng koʻlamli yigʻishni tashkil etish;
- Andijon viloyatida logistika markazi qurilishi;
- suyuq maishiy yuvish vositalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish;
- temir yoʻl sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash;
- zamonaviy imtihon markazlarini ochish.
Imzolangan shartnomalar sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, infratuzilmani rivojlantirish va kadrlar tayyorlashga qaratilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
