Germaniya prezidenti Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rafiqasi bilan rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi. “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida delegatsiya kutib olindi.
Germaniya rahbari va birinchi xonimni Bosh vazir oʻrinbosari Ochilbay Ramatov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif doirasida eng yuqori darajada – avval tor doirada, soʻngra kengaytirilgan tarkibda muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan. Tomonlar Oʻzbekiston-Germaniya munosabatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi. Kun tartibiga savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika va yashil texnologiyalar, transport, farmatsevtika, kimyo sanoati va qishloq xoʻjaligi kiradi. Alohida ta’lim va gumanitar almashinuvlarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashadilar. Muzokaralar natijasida yangi qoʻshma loyihalar va hamkorlik dasturlari ishga tushirilishi kutilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
