Yangiliklar/Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Koʻksaroyda Albaniya prezidentini qabul qildi

Siyosat 16 iyun, 11:22
Shavkat Mirziyoyev Koʻksaroyda Albaniya prezidentini qabul qildi

16-iyun kuni davlatimiz rahbarining taklifiga binoan mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begayni Toshkent shahrida rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbir Koʻksaroy qarorgohida boʻlib oʻtdi.

Tantanali qismda harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi. Shundan soʻng davlat rahbarlari faxriy qorovul safini aylanib oʻtib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutlashdi. Marosim qoʻshma suratga tushish bilan yakunlandi, shundan soʻng davlat rahbarlari oliy darajadagi muzokaralarni boshladilar.

Rasmiy manbalarga koʻra, Bayram Begayning tashrifi 16-17 iyun kunlari boʻlib oʻtadi. Dastur doirasida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, sanoat kooperatsiyasi, shuningdek, qishloq xoʻjaligi, energetika va turizm sohasidagi loyihalarni muhokama qilishni rejalashtirgan.

3210

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→