Germaniya prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 17–18 iyun kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Germaniya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi. Tashrif davomida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Prezident bilan birga Germaniya biznes delegatsiyasi ham keladi.
Tashrifning birinchi kuni Mustaqillik monumentiga gul qo‘yish marosimi bilan boshlanadi. Shundan so‘ng Toshkentdagi “Ko‘ksaroy” qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Muzokaralarda iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish asosiy mavzu bo‘ladi.
Uchrashuv yakunida ikki davlat rahbarlari ishtirokida nemis kompaniyalari va O‘zbekiston tomoni o‘rtasida qator loyiha va bitimlar imzolanishi kutilmoqda. Shuningdek, davlat rahbarlari do‘stlik timsoli sifatida prezident qarorgohi hududida daraxt ekish marosimida qatnashadi.
Ikkinchi kuni Shtaynmayer Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyuradi. Ushbu markaz jahonning eng yirik islom madaniyati muzeylaridan biri hisoblanadi. Shundan keyin u Germaniyaning GP Günter Papenburg kompaniyasining O‘zbekistondagi korxonasida bo‘ladi. Mazkur kompaniya mamlakatda qurilish va infratuzilma loyihalarida ishtirok etib kelmoqda.
Tashrif doirasida malakali mutaxassislar tayyorlash va mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv ham o‘tkaziladi. Unda talabalar, o‘qituvchilar va biznes vakillari bilan muloqot rejalashtirilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
