Bekobodda YPX xodimi 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Bekobodda sobiq ichki ishlar xodimi piyodani urib o‘ldirgani va jinoyatni yashirishga uringanligi uchun 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Tergovga ko‘ra, hodisa 2025-yil 11-dekabr kuni Bo‘ka — Bekobod yo‘lida sodir bo‘lgan. Nexia boshqaruvida bo‘lgan haydovchi mast holatda 43 yoshli erkakni urib yuborgan. Jabrlanuvchi olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Shundan so‘ng haydovchi erkakni mashinaga ortib, voqea joyidan olib ketgan va turmush o‘rtog‘i bilan birga jasadni taxminan 35–40 km uzoqlikdagi kanalga tashlab yuborgan.
Marhumning jasadi faqat 80 kundan keyin — 2026-yil fevral oxirida Do‘stlik kanalidan topilgan.
Sud uni transport harakati qoidalarini buzish oqibatida odam o‘limiga sabab bo‘lish hamda jasadni tahqirlashda aybdor deb topdi. Ayblanuvchiga 3 yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilish bilan birga 7 yil qamoq jazosi tayinlandi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
