Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanga parlament saylovlarida uning yetakchiligidagi «Fuqarolik shartnomasi» partiyasi g‘alaba qozongani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Tabrik maktubida davlat rahbari saylov natijalari arman xalqining amaldagi hukumat siyosatiga yuqori darajada ishonch bildirganini ko‘rsatishini qayd etdi. Unga ko‘ra, bu natijalar Nikol Pashinyan olib borayotgan ichki va tashqi siyosatni, jumladan Janubiy Kavkazda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashning amaliy ifodasidir.
Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollariga ham to‘xtalib, o‘zaro sa’y-harakatlar orqali aloqalarni yanada kengaytirish mumkinligiga ishonch bildirdi.
Prezident, shuningdek, Nikol Pashinyanga mustahkam sog‘lik, mas’uliyatli davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Armaniston xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilaklari yo‘llandi.
Ma’lumot uchun, Armanistonda parlament saylovlari 2026 yil 7 iyun kuni bo‘lib o‘tgan. Rasmiy natijalarga ko‘ra, «Fuqarolik shartnomasi» partiyasi saylovchilarning taxminan 49–50 foiz ovozini olib, birinchi o‘rinni egallagan.
Mazkur natija Nikol Pashinyan boshchiligidagi siyosiy kuchga parlamentda yetakchi mavqeni saqlab qolish imkonini berdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
