Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 oldidan oʻtkazgan nazorat uchrashuvida Gollandiyaga magʻlub boʻldi

Sport 9 iyun, 10:45
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 oldidan oʻtkazgan nazorat uchrashuvida Gollandiyaga magʻlub boʻldi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCh–2026 oldidan oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida Niderlandiyaga 1:2 hisobida magʻlub boʻldi.

Hisob 32-daqiqada ochildi. “Liverpul” hujumchisi Kodi Gakpo penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi boʻlimda Oʻzbekiston himoyada ancha ishonchli oʻynadi va hisobni ushlab turdi. Qoʻshimcha vaqtning 90+2-daqiqasida Igor Sergeev raqib darvozasini ishgʻol qilib, hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuv taqdiri esa oxirgi daqiqalarda hal boʻldi. 90+8-daqiqada hakam yana penalti belgiladi va Gakpo ikkinchi bor aniq zarba berib, dubl qayd etdi — 2:1.

Shu tariqa, Oʻzbekiston ikkala golni ham penaltilardan oʻtkazib yubordi.

Mazkur o‘yin jahon chempionati oldidan so‘nggi sinovlardan biri bo‘ldi. Oʻzbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor mundialda ishtirok etadi va 18-iyun kuni Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi.

3500

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→