Yangiliklar/Jamiyat

Istanbulda olti yoshli oʻzbekistonlik bola vafot etdi

Jamiyat 9 iyun, 19:16
Istanbulda olti yoshli oʻzbekistonlik bola vafot etdi

Istanbul shahrida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida 6 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Hodisa 8-iyun kuni Fatih tumani, Laleli mavzesidagi tramvay bekatlaridan birida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bola tramvaydan tushgach, platforma bilan tramvay yo‘llari orasida qisilib qolgan.

Transport harakatlana boshlagan paytda u og‘ir tan jarohatlari olgan va voqea joyida vafot etgan. Marhum bola Turkiyaga ota-onasi va yaqinlari bilan sayyoh sifatida kelgan.

Hozirda Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi marhumning oila a’zolariga zarur konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatilayotganini bildirdi. Shuningdek, diplomatik vakolatxona fuqarolardan, ayniqsa, yirik shaharlarda bolalar xavfsizligiga alohida e’tibor qaratishni so‘radi.

4320

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→