“Tolibon” G‘irotda ayollar uchun qoidalarni kuchaytirdi

Afg‘onistonning G‘irot viloyatida “Tolibon” ayollar kiyinishiga qo‘yilgan talablarni kuchaytirdi. Bu haqda AmuTV mahalliy manbalar va hujjatlarga tayanib xabar berdi.
Yangi ogohlantirishga ko‘ra, oilalar ayollarning belgilangan kiyim qoidalariga amal qilishini ta’minlashi shart. Erkaklar oila a’zolarining ko‘chaga hijobsiz chiqishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Qoidalarga zid ravishda ro‘molsiz, yuzini ochib, tor kiyimda yoki pardoz bilan ko‘chaga chiqqan ayollar “axloq nazorati” xodimlari tomonidan hibsga olinishi mumkin.
Talablarni bajarmagan erkak qarindoshlar ham javobgarlikka tortilib, sud organlariga topshiriladi.
Mahalliy aholiga ko‘ra, so‘nggi oylarda tekshiruvlar kuchaygan. Shaharning gavjum joylarida nazorat punktlari tashkil etilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
